YoShLARIMIZDAN GʻOLIBONA YuRISh DAVOM ETMOQDA!

Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida U-19 chempionati 18-tur doirasida boʻlib oʻtgan "Neftchi"-"Olimpik" bellashuvida Iqbol Akramov bosh murabbiyligidagi yoshlar jamoamiz navbatdagi yirik gʻalabalarini qoʻlga kiritib, 31 ochko toʻplagan holda turnir jadvalining sakkizinchi pogʻonasiga koʻtarilib oldilar. Uchrashuv toʻlaligicha fargʻonalik futbolchilar ustunligi ostida kechdi, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Birinchi boʻlimda tez-tez kombinasion hujumlarni tashkil etgan yoshlarimiz ikkita toʻp kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Gollarga Sanjarbek Maqsudbekov bilan Martavali Turgʻunovlar mualliflik qilishdi. Ikkinchi boʻlimda jamoamiz tarkibida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirildi va zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Muhammad Toʻlanov uchinchi gol muallifiga aylandi. Koʻp oʻtmay mehmonlar jarima maydonchalari ichida qoʻpol hatoga yoʻl qoʻyishlari oqibatida oʻz aktivlariga avtogol yozib qoʻyishdi 4:0. Uchrashuvning 86-daqiqasida toshkentliklardan Muhammadjon Abdurashidov javob toʻpini kiritib, hisobni biroz qisqartirishiga qaramay, zaxiradan maydonga tushgan Bunyodjon Inomov "Olimpik" darvozasini yana bir bor ishgʻol etib, hisobni 5:1 koʻrinishiga olib keldi va shu tariqa oʻyin jamoamizning yirik gʻalabasi bilan yakun topdi. 20 sentyabr kuni navbatdagi 19-tur bahsida yoshlarimiz Samarqandga tashrif buyurishadi va mahalliy "Dinamo" jamoasiga qarshi toʻp surishadi. Ushbu safar uchrashuvida ham yosh futbolchilarimizga kuch-qudrat va omadlar yor boʻlishini tilab qolamiz. "NEFTChI U-19" 51"Olimpik U19" Gollar: Sanjarbek Maqsudbekov 12 1:0,, Martavali Turgʻunov 20 2:0, Muxammad Toʻlanov 50 3:0, Sunnat Axmedov avt 55 4:0, Muxammadjon Abdurashidov 86 4:1, Bunyodbek Inomov 89 5:1. Bosh hakam: Shahboz Vahobjonov. Yordamchi hakamlar: Azizbek Uzoqov, Bobur Zokirov. Nazoratchi: Anvar Oʻrinov. Komissar: Doniyor Yakubjonov "Neftchi" U-19: 32.Xusniddin Neʼmatov, 29.Afzal Zokirov, 37.Ozodbek Sotvoldiev, 43.Abdulaziz Saloxiddinov, 48.Sanjarbek Maqsudbekov, 55.Martavali Turgʻunov (s), 63.Elbek Poziljonov, 67.Roʻzimuxammad Qurbonov, 68.Xasanboy Umrzaqov, 85.Saidafzalxon Maxmudov, 87.Odiljon Nabiev. Zaxiradan maydonga chiqdi: 47.Muxammadjon Toxirjonov, 59.Saidolimxon Maxmudxonov, 73.Sobitali Toshtemirov, 75.Muxammad Toʻlanov, 82.Bunyodjon Inomov, 96.Sardor Raimjonov. Bosh murabbiy: Iqbol Akramov "Olimpik" U19: 76.Shuxrat Tojiddinov, 55.Murodjon Norboev, 60.Muxammadjon Abdurashidov, 62.Suxrob Parpiev, 65.Zayniddin Poʻlatboev, 66.Sunnatbek Axmedov (s), 67.Ogʻabek Arziqulov, 71.Salay-Axun Tursunov, 73.Ozodbek Quralov, 75.Ibroxim Najimov, 78.Xumoyun Baxodirov. Zaxiradan maydonga chiqdi: 72.Azizbek Mamasaidov, 53.Bobur Tursunaliev, 63.Ibroxim Mullajonov, 70.Shoxrux Anorboev, 74.Bexruz Nigʻmatov. Bosh murabbiy: Iskandar Anorqulov Ogohlantirishlar: Afzal Zokirov 28 ,Sanjarbek Maqsudbekov 33 — Zayniddin Poʻlatbekov 25,44. Chetlatish: Zayniddin Poʻlatbekov 44 (Olimpik) "Neftchi" PFK matbuot xizmati