Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YOSHLARIMIZDA KUCHLAR TENG KELDI

3-iyun, 2024·1 min o'qish
photo_2024-06-02_18-20-27

Bugun U-21 chempionati 10-tur doirasida Aziz Alijonov boshchiligidagi oʼrinbosarlar jamoamiz Toshkentda "Bunyodkor" oʼrinbosarlari bilan bahslashdi. Oʼrinbosarlarimiz ham ustozlaridan oʼrnak olib gʼolibona yurishni davom ettirmoqchi boʼlishdi. Uchrashuv birinchi boʼlimining 32-daqiqasida Muhammadali Xolmatov va 39-daqiqada Habibjon Sharipovlar kiritgan gollar evaziga 0:2 hisobida ustunlikka erishildi. Ikkinchi boʼlimda ahvol butunlay oʼzgardi. Maydon egalari magʼlubiyatdan qutilib qolish uchun yoppasiga hujumga oʼtdilar. Bu urinish bellashuvning 47-chi va 82-daqiqalarida mehmonlar darvozasini ishgʼol etish bilan yakunlandi 2:2. Futbolchilarimizning gʼalabani saqlab qolish yoʼlidagi urinishlari uchrashuvning durang natija bilan yakunlanishiga olib keldi. Shu tariqa oʼrinbosarlarimiz Toshkentdan bir ochko bilan qaytmoqdalar. Ishonamizki, yigitlarimiz kelgusi bellashuvlarda ustunlikni yoʼqotmaslik va albatta gʼalaba qozonish uchun astoydil harakat qiladilar. Yoshlar Ligasi. 10-tur “BUNYODKOR” - “NEFTCHI” - 1:2 Gollar: Muhammadali Xolmatov, 32 - 0:1. Habib Sharipov, 38 - 0:2. Alijon Bekmurotov, 47 - 1:2. "Bunyodkor" U-21: 55.Umar Rustamov 16.Alijon Bekmurotov 28.Azizbek Odilov 35.Oybek Shomurodov 36.Ozodbek Sotvoldiev 37.Diyorbek Odiljonov 40.Xumoyun Bozorboev 44.Muhammadayub Omonov 45.Farhod Oʼtkurov 57.Amir Turakulov 78.Tohirbek Toʼxtasinov Zaxirada: 21.Jasurbek Umrzaqov 9.Umidbek Sultonov 15.Oblayorbek Raxmatov 24.Abdulloh Omonaliev 26.Abduazim Ortiqov 29.Jasur Hikmatullaev 31.Abdurahmon Sulaymonov 33.Abdulhamid Ikromov 50.Sardorbek Raximov Murabbiy: Jamoliddin Rahmatullaev "Neftchi" U-21: 16.Asrorbek Kenjaev 15.Xabibjon Sharipov 25.Abdulvosid Vosidjonov 27.Muhammadali Xolmatov 28.Behruzbek Oblaqulov 29.Afzalbek Zokirov 30.Miraziz Maxamadaliev 33.Shohruhbek Yoqubjonov 43.Abdulaziz Saloxiddinov 66.Doniyor Valiev 80.Nodirbek Axmadjonov Zaxirada: 34.Javohir Qosimov 60.Muhammadziyo Adhamjonov 61.Bekzod Abduvaliev 65.Dilshodjon Erkinov 75.Muxsinjon Maxmudov Bosh murabbiy: Aziz Alijonov

Ulashish

O'xshash yangiliklar