YOSHLARIMIZDA ISHONCHLI GʻALABA!

Viloyat hokimi kubogi uchun o‘tkazilayotgan musobaqaning 2-turida "Neftchi"(U-21) o‘rinbosarlar jamoasi "Andijon"(U-19) klubini qabul qildi. Toshloq stadionida bo‘lib o‘tgan bu uchrashuvda yigitlarimiz dastlabki daqiqalardanoq hujumkorlikni kuchaytirdilar.Bu urinish bahsning 13-daqiqasida raqiblar darvozasiga gol kiritish bilan yakunlandi. Gol muallifi iste’dodli futbolchi Abdulaziz Salohiddinov bo‘ldi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda ikkala jamoa ham bir qator o‘yinchilarni almashtirdi. Bu tadbir hujumkorlik yanada kuchayishiga sabab bo‘ldi. 57-daqiqada andijonliklar jarima maydonchasi ichida qaltis xatoga yo‘l qo‘yganliklari bois bosh hakam ular darvozasi tomon 11-metrli jarima belgiladi. Omadillo Abdubannopov jarima to‘pini aniq zarba bilan yo‘naltirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Yigitlarimiz shundan keyin ham hujumkorlikni pasaytirmadilar. Natijada oxirgi daqiqalarda Dilshod Sharofiddinov raqiblar darvozasini uchinchi marta zabt etib, uchrashuv farg‘onaliklar foydasiga 3:0 hisobida yakunlanishini ta’minladi. Bu o‘rinbosarlarimizning turnirdagi ikkinchi g‘alabasi bo‘lib, jamoamiz o‘z guruhida yetakchilik qilmoqda. Aziz Alijonov shogirdlariga keyingi uchrashuvlarda ham g‘olibona yurishni davom ettirishlarida omad tilaymiz. Hokim kubogi-2025 2-tur "Neftchi U21" - "Andijon U19" 3:0 Gol: Abdulaziz Salohiddinov 13', Omadillo Abdumannopov 57' pen, Dilshod Sharofiddinov 76' "Neftchi U21: 16. Husniddin Neʼmatov 52.Mujohid Olimov 90.Omadillo Abdubannopov 92.Xumoyun Bozorboyev 74.Oyatillo Obidjonov 43.Abdulaziz Salohiddinov 65.Asadbek Qahorjonov 31.O'tkir O'ktamov 76.Nurmuhammad Abdug'aniyev 64.Qodir Rasuljonov 91.Nodir Karimov Zaxiradagi futbolchilar: 32.Sirojiddin Xayitboyev 80.Nodirbek Ahmadjonov 61.Begzod Abduvaliyev 57.Sanjarbek Maqsudbekov 48.Dovruh Abdug'aniyev 47.Muhammadjon Toyirjonov 67.Yaxyo Isoqov 93.Husan Umurzoqov 96.Miraziz Muhammadaliyev Bosh murabbiy: Aziz Alijonov