YoShLARIMIZDAN IRODALI GʻALABA!

Bugun "Istiqlol" markaziy oʻyingohida U-21 birinchiligining 4-tur bahsida Aziz Alijonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi"(U-21) oʻrinbosarlar jamoamiz Olmaliqlik tengqurlari bilan kuch sinashdi. Birinchi boʻlim boshlari teng kurashlar ostida kechayotgan pallada mehmonlar 13-daqiqada hisobni ochishga erishdilar. Oradan koʻp oʻtmay olmaliqliklar tomonidan uyushtirilgan hujum ikkinchi gol bilan yakun topdi. Shundan soʻng fargʻonaliklar vaziyatni oʻnglash maqsadida hujumga zoʻr berib ketma-ket uchta gol kiritishga muvaffaq boʻldilar va tanaffusga jamoalar neftchilarning 3:2 hisobidagi ustunligi bilan maydonni tark etishdi. Ikkinchi boʻlimda ham shiddatli va murosasiz oʻyinning guvohi boʻldik. Mehmonlar tomonidan juda koʻp xavfli vaziyatlar sodir etilganligiga qaramay, yoshlarimiz ancha ishonchli harakat qilib, bosh hakam tomonidan qoʻshib berilgan 5 daqiqa ichida toʻrtinchi golni kiritib, uchrashuvga yakuniy nuqta qoʻydilar 4:2. Jamoamizning barcha futbolsevar ixlosmandlari nomidan oʻrinbosarlarimizni bugungi chiroyli va muhim gʻalaba bilan tabriklab qolamiz va keyingi uchrashuvlarda omad va zafarlar yor boʻlsin deymiz. U-21 BIRINChILIGI 4 - TUR 1 - aprel shanba "Neftchi U-21" - OKMK U-21 4:2 Gol: N.Abdurazzoqov 14 0:1, M.Ermatov 19 0:2, N.Neʼmatxonov 28 1:2, F.Muxammadov 33 2:2, S.Abdullajonov 43 3:2, A.Axmadjonov 90+3 4:2. "Neftchi U-21": 1.Asror Kenjaev, 71.Nodir Axmadjonov, 3.Nodirxon Neʼmatxonov, 66.Doniyor Valiev, 50.Shoxrux Yoqubjonov, 33.Abdulvosid Vosidjonov, 17.Abdulloh Olimov, 88.Xumoyun Bozorboev, 77.Faxriddin Muxammadov,10. Sunnatillo Abdullajonov, 27.Muxammadali Xolmatov. Zaxiradagilar: 16.Muxriddin Shermatov, 44.Mirasror Mirabrorov,30.Akobir Axmadjonov, 31.Shodiyor Olimjonov,15.Usmon Ikromov, 43.Abdullaziz Saloxiddinov,25.Diyorbek Ubaydullaev, 91.Musomalik Rustamov, 99.Azamat Tolibjonov. Bosh murabbiy: Aziz Alijonov.