YoShLARIMIZ "YuNIRED"NI MAGʻLUB ETIShDI

U-19 chempionatining 22-tur bahsida Iqbol Akramov boshchiligidagi "Neftchi" yoshlar jamoasi Samarqanddan tashrif buyurgan "Yunired" yoshlarini qabul qildi. FarDU stadionida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda oʻtdi. Birinchi boʻlimning 5-daqiqasida mehmonlar darvozasiga Sardor Raimjonov tomonidan tezkor gol urildi. Lekin, 15-daqiqada samarqandliklardan Mirjahon Murodov darvozamizni ishgʻol etib, muvozanatni tikladi 1:1. Shundan soʻng jamoamiz aʼzolari hujumkorlikda davom etib tanaffusga qadar yana ikkita gol kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Gollarga Afzal Zokirov hamda Abdulaziz Salohiddinovlar mualliflik qilishdi. Ikkinchi boʻlimning 48-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Javohir Qilichev kuchdi zarba bilan hisobni qisqartirgan boʻlsa 3:2, oʻyinning 58-daqiqasida jamoamiz aʼzosi Afzal Zokirov navbatdagi golini urib, dubl qayd etdi 4:2.Bellashuv oxirlashib borayotgan paytda mehmonlardan Mirjahon Murodov bir nechta himoyachilarimizni aldab oʻtib, kuchli zarbasi bilan darvozamizni ishgʻol etdi 4:3. Oʻyinning asosiy qismiga bosh hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda Afzal Zokirov samarqandliklar darvozasini yana bir bor ishgʻol etib hisobni yanada ham yirik koʻrinishiga olib keldi 5:3. U-19 ChEMPIONATI Fargʻona sh. FarDU stadioni 22-tur 13 oktyabr "Neftchi" 5-3 "Yunired" Gollar: Sardor Raimjonov, 5'(1:0), Mirjahon Murodov, 15'(1:1), Afzal Zokirov, 22'(2:1), Abdulaziz Salohiddinov, 31'(3:1), Javohir Qilichev, 48'(3:2), Afzal Zokirov, 58'(4:2), Mirjahon Murodov, 84'(4:3), Afzal Zokirov, 90+1 (5:3) Hakamlar: Axror Raxmatov, Elyor Muhammadjonov, Umidjon Jaxbarov, Maqsad Esonjonov Nazoratchi: Anvar Oʻrinov Komissar: Doniyor Yakubjonov "Neftchi": 41.Ziyodullaxoʻja Nazirov 29.Afzal Zokirov 43.Abdulaziz Salohiddinov 47.Muhammadjon Toxirjonov 55.Martavali Turgʻunov 60.Muxammadziyo Adxamjonov 63.Elbek Foziljonov 80.Abduraxmon Yoʻldoshev 90.Dilyorjon Baxtiyorov 93.Xusanboy Umirzaqov 96.Sardor Raimjonov Zaxirada: 16.Muhriddin Shermatov 38.Abdulloh Erkinov 65.Dilshodjon Erkinov 67.Roʻzimuhammad Qurbonov 68.Xasanboy Umirzaqov 75.Muhammad Tulanov 78.Asadbek Muhamedjanov 82.Bunyodjon Inomov 85.Saidafzalxon Maxmudov Bosh murabbiy: Iqbol Akramov "Yunired": 1.Jalil Toxirov 27.Oybek Xamroqulov 38.Mirjahon Murodov 47.Diyorjon Zubaydullaev 63.Alisher Rustamov 64.Bunyod Xidirov 67.Xusan Raxmatov 68.Javohir Qilichev 69.Shoxjaxon Ismoilov 70.Xamroz Xudoyberdiev 72.Amirjon Maxmudov Zaxiradan qoʻshildi: 32.Nodir Qarshiev 34.Bexruz Abdugʻafforov 46.Marat Saydullaev 65.Bexruz Meliboev Murabbiy: Javlon Rajabov "Neftchi" PFK matbuot xizmati


