YoShLARIMIZ TAYYoRGARLIKGA KIRIShDILAR

"Neftchi"ning asosiy tarkibi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida safarga yoʻl olgan boʻlsa, oʻrinbosarlar va yoshlar jamoalari futbolchilari bugundan eʼtiboran yangi mavsumga hozirlik koʻrish uchun mashgʻulotlarni boshlab yubordilar. Qirgulidagi" Neftchi" SK stadioni zahira maydonida boʻlib oʻtgan dastlabki oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida bosh murabbiy Aziz Alijonov bilan birgalikda Mansur Saidov, Iqbol Akramov hamda Gʻayrat Hasanov singari tajribali mutaxassislar yosh futbolchilarga mahorat saboqlarini berishda hamroh boʻldilar. Aytib oʻtish joiz, murabbiylar shtabi jamoalarni kuchaytirish maqsadida oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga bir qator iqtidorli yoshlarni koʻrikdan oʻtish uchun jalb qilishgan. Ushbu tayorgarlik jarayonidan fotolavhalarni va videolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. Tayyorgarlik jarayoni borasida hamda jamoaga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting. "Neftchi" PFK matbuot xizmati
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6398-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6397-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6402-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6400-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6391-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6392-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6387-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6386-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6385-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6372-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6366-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6369-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6362-300x200.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/01/084A6349-300x200.jpg]