Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZ HAM TAYYoRGARLIKKA KIRIShDILAR

7-yanvar, 2023·1 min o'qish
photo_2022-11-03_14-34-17

"Neftchi"ning asosiy tarkibi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida safarga yoʻl olgan boʻlsa, oʻrinbosarlar va yoshlar jamoalari futbolchilari bugundan eʼtiboran birlashgan holda yangi mavsumga hozirlik koʻrish uchun mashgʻulotlarni boshlab yubordilar. Qirgulidagi" Neftchi" SK stadionida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi tufayli, Fargʻona futbol markazining sunʼiy qoplamali maydonida boʻlib oʻtgan dastlabki oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida bosh murabbiy Aziz Alijonov bilan birgalikda Mansur Saidov, Ruslan Umerov hamda Iqbol Akramovlar singari tajribali mutaxassislar yosh futbolchilarga mahorat saboqlarini berishda hamroh boʻldilar. Aytib oʻtish joiz, murabbiylar shtabi jamoalarni kuchaytirish maqsadida oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga bir qator iqtidorli yoshlarni koʻrikdan oʻtish uchun jalb qilishgan. Tayyorgarlik jarayoni borasida hamda jamoaga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar