Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZ HAM TAYYoRGARLIKKA KIRIShADILAR

14-yanvar, 2024·1 min o'qish
IMG_20240114_125030_674

"Neftchi"ning asosiy tarkibi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida safarga yoʻl olgan boʻlsa, oʻrinbosarlar va yoshlar jamoalari ertadan boshlab yangi mavsumga hozirlik koʻrish uchun mashgʻulotlarga kirishadilar. Yigʻinlar Qirgulidagi "Neftchi" SK stadioni zaxira maydonida boʻlib oʻtadi. Yigʻinga koʻplab yosh futbolchilar jalb qilinib, ulardan saralangan futbolchilar jamoamiz bilan shartnoma tuzishi koʻzda tutilgan. Tarkibni shakllantirish bilan birga oʻrinbosarlar jamoamiz 1 fevraldan boshlanadigan anʼanaviy Fargʻona viloyati "Hokim kubogi 2024" musobaqasida ishtirok etishadi. Tayyorgarlik jarayoni hamda jamoaga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar