Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZ FINALGA YOʻL OLDI

18-fevral, 2024·1 min o'qish
IMG_20240218_165201_813

Bugun Andijon viloyati hokimi kubogi uchun oʻtkazilayotgan musobaqaning yarim final bahsi boʻlib oʻtdi. Fargʻonaning "Neftchi" U21 jamoasi Qirgʻiz Respublikasining oliy divizion vakili "Muras Yunayted" klubi bilan bahslashish uchun maydonga tushdi. Uchrashuv murosasiz va keskin vaziyatda rivojlanib, oʻyin taqdirini hal etgan yagona gol 80-daqiqada mahoratli futbolchimiz Habib Sharipov tomonidan kiritildi. Shu tariqa fargʻonaliklar musobaqa finaliga chiqdilar. Hal qiluvchi uchrashuv 20 fevral kuni Andijondagi "Bobur" sport arenasi maydonida boʻlib oʻtadi. Oʻrinbosarlarimizning hal qiluvchi bahsdagi raqibi Qirgʻiz Respublikasining "Talant" klubi boʻladi. Yigitlarimizga yakunlovchi uchrashuvda ham bugungiday shiddat, uyushqoqlik va gʻolibona harakat qilib, Andijondan faxrli sovrin bilan qaytishlarini tilab qolamiz. Andijon viloyati xokimi kubogi 2024. Yarim FINAL Andijon. "Neftchi" U21 1:0 "Muras Yunayted" ( Qirgʻiz Respublikasi) Gol: X. Sharipov 80' 1:0 "Neftchi" U21: 35.Xusniddin Neʼmatov, 71.Nodir Axmadjonov, 34.Xabib Sharipov, 67.Mirshavkat Miryoqubov, 29.Afzal Zokirov, 80.Elbek Foziljonov, 90.Omadullo Abdumannopov, 65.Shoxrux Yoqubjonov, 25.Muxammadali Xolmatov, 43.Abdulaziz Saloxiddinov55.Miraziz Muxammadaliev Bosh murabbiy: Aziz Alijonov.

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165141_219-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165140_733-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165141_008-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165201_937-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165202_691-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165202_557-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165201_813-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165201_919-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165201_939-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165201_759-240x300.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/02/IMG_20240218_165202_221-240x300.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar