Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZ BAHSIDA GOLLAR ShOUSI

26-sentabr, 2023·1 min o'qish
084A6498

U-19 chempionatining 20-turida Iqbol Akramov boshchiligidagi "Neftchi" yoshlar jamoamiz Qirgulidagi stadionda "Surxon" yoshlarini qabul qilishdi. Fargʻonalik futbolchilarning toʻla ustunligida kechgan mazkur uchrashuvda yirik 8:1 hisobi qayd etildi. Birinchi boʻlimda mehmonlar darvozasiga uchta toʻp kirilgan boʻlib, jamoamizdan gollarni Sobitali Toshtemirov, Afzal Zokirov hamda Roʻzimuhammad Qurbonovlar kiritishdi. Ikkinchi boʻlimda gollar yogʻdusi davom ettirildi. Roʻzimuhammad Qurbonov oʻyinda ikkinchi toʻpini kiritib, dublga erishdi. Qolgan gollarga Abdulaziz Salohiddinov, Sardor Raimjonov, Afzal Zokirov, Saidafzal Mahmudovlar mualliflik qilishdi.Mehmonlardan yagona javob toʻpiga Azizbek Shamsiddinov egalik qildi. Yoshlar jamoamizni qoʻlga kiritilgan chiroyli gʻalabalari bilan tabriklab, navbatdagi uchrashuvlarda ham gʻolib boʻlib, hujumkor va shiddatli oʻyin namoyish etishlariga omad yor boʻlishini tilab qolamiz. "Neftchi" U-19 8-1 "Surxon" U-19 Gollar: Sobitali Toshtemirov 24 1:0, Afzalbek Zokirov 32 2:0, Roʻzimuxammad Qurbonov 39 3:0, Roʻzimuxammad Qurbonov 50 4:0, Abdulaziz Salohiddinov 64 5:0, Azizbek Shamsiddinov 70 5:1, Sardor Raimjonov 72 6:1, Afzalbek Zokirov 88 7:1, Saidafzal Maxmudov 89 8:1. Bosh hakam: Sanjar Rahmonov. Yordamchi xhakamlar: Elyor Mahammadjonov, Azizbek Isoqov. Zaxira hakami: Ruxshona Qodirova Komissar: Ravshan Mirzakarimov "Neftchi" U19: 32.Xusniddin Nematov, 29.Afzal Zokirov,, 43.Abdullaziz Saloxiddinov, 48.Sanjarbek Maqsudbekov, 55.Martavali Turgʻunov, 60.Muxammadziyo Adxamjonov, 67.Roʻzimuxammad Qurbonov, 68.Xasanboy Umrzaqov, 71.Nodirbek Axmadjonov, 73.Sobitali Toshtemirov, 90.Dilyorbek Baxtiyorov. Zaxiradan qoʻshildi: 37.Ozodbek Sotvoldiev, 38.Abdulloh Erkinov, 75.Muxammad Tulanov, 76.Bekzod Abduvaliev, 78.Asadbek Muhammadjanov, 85.Saidafzalxon Maxmudov, 96.Sardor Raimjonov. Bosh murabbiy Iqbol Akramov. "Surxon" U19: 36.Islom Moʻminov, 26.Azizbek Shamsiddinov, 44.Shoxjaxon Zaripov, 47.Ramazon Kamolov, 56.Jumanazar Xolmoʻminov, 58.Ibroxim Xoʻshbaqov, 59.Azizbek Choriev, 60.Suxrob Ergashev, 61.Xumoyiddin Eshdalatov, 62.Zuxriddin Qaxxorov, 65.Sardor Qoʻzimmurodov (s). Zaxiradan qoʻshildi: 12.Zafar Mirzaev, 38.Abdurayim Abdurashidov 42.Oybek Bozorov, 46.Doston Zoirov, 48.Mirzoxid Mamajonov, 53.Xurshid Xolmurodov, 64.Sardor Qurbonov. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar