YILLIK ABONOMENT SOTUVI BOSHLANDI!

Yangi mavsum boshlanish arafasida juda koʼplab muxlislar abonement sotib olish istagini bildirishmoqda. Ushbu istak va takliflarni inobatga olgan holda 20 Fevraldan boshlab klub oʼz muxlislari uchun 1 yillik abonement sotishni boshladi. Muxlislarga ushbu abonement 2025 yilgi mavsum davomida, "Istiqlol" stadionda oʼtadigan jamoamiz ishtirokidagi Oʼzbekiston Superligasi hamda kubogi uchrashuvlariga kirish imkoniyatini beradi. Abonement qulayliklari: 1. Chiptaxonalarda uzoq va uzun navbatda turilmaydi. 2. Abonementi bor muxlis stadionga kirish uchun maxsus abonementliklar uchun ajratilgan eshikdan kiradi. Abonementlarni sotib olish uchun "Neftchi" klubi marketing boʼlimiga murojaat qilish mumkin. Abonementlarni naqd pul, plastik kartochka va pul oʼtkazish orqali sotib olish mumkin. Abonomentlarning asosiy qismi markaziy sektorlardan boʼlib abonementlar soni chegaralangan. Chiptalar "Istiqlol" stadioni kassalarida , Fargʼona shaxar dexqon bozoriga kirishdagi avtoturargohda joylashgan mahsus kassalar va Margʼilon shaxrida joylashgan "Ansor" savdo majmuasiga kirish qismidagi kassada sotilmoqda! Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +99890 630 98 64 "Neftchi" PFK matbuot xizmati