Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YaRIM FINAL JUFTLIKLARI ANIQ

2-fevral, 2023·1 min o'qish
20230201143012_IMG_8242

"HOKIM KUBOGI-2023": Bugun anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan " Hokim Kubogi-2023" turnirida chorak final uchrashuvlari oʻz nihoyasiga yetdi. Aziz Alijonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi"(U-21) oʻrinbosarlar jamoamiz "Toʻqimachi" stadionida hamshaharlari sanalmish "FarDU" klubi bilan kuch sinashdilar. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan mazkur bahsda oʻrinbosarlarimiz yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdilar. Keyingi bosqichdagi raqibimiz avvalroq maʼlum boʻlgan edi. "Qoʻqon-1912"-" Lokomotiv"(U-21) bellashuvida qoʻqonliklar ham raqiblarini 4:1 hisobida magʻlub etib, yarim final yoʻllanmasiga ega chiqishgan edi. Shunday qilib, 3 fevral juma kuni musobaqaning yarim final bellashuvlariga start beriladi. Quvasoy shahrida oʻtkaziladigan birinchi uchrashuvda viloyat derbisi bahsiga guvoh boʻlamiz. Unda "Neftchi"(U-21) hamda" Qoʻqon-1912" jamoalari maydonga chiqishadi. Qizgʻin ruhda oʻtkazilishi kutilayotgan mazkur bahs soat 11:00 ga belgilangan. Ikkinchi yarim final bahsida esa "Zomin" va "Andijon"SGS jamoalari oʻzaro raqobatlashadi. Oʻyin soat 14:00 da start oladi. Barcha jonkuyar muxlislarimizni shu kuni Quvasoydagi "Sementchi" stadioniga chorlab, oʻrinbosarlar jamoamizni yuqori saviyada qoʻllab- quvvatlashlaringizga umid bildiramiz. Neftchi" PFK matbuot xizmati

IMG_20230202_080422_720
Ulashish

O'xshash yangiliklar