Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YaNGI MAVSUMGA TAYYoRGARLIK ERTADAN BOShLANADI!

11-dekabr, 2022·1 min o'qish
photo_2022-12-11_08-58-45

Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlik rejalarini belgilab oldi. Rejaga koʻra, tayyorgarlik ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi. 12 dekabrdan boshlanadigan I-bosqichda Vitaliy Levchenko shogirdlari Toshkentda yigʻilib, mashgʻulotlarga kirishadilar. Bu jarayon 24 dekabrgacha davom etadi. 6 yanvardan 20 yanvargacha davom etadigan II-bosqichni "Neftchi" vakillari Turkiyaning Lara shahrida oʻtkazishadi. Bu bosqichda tayyorgarlikning muhim qismi sifatida oʻrtoqlik-nazorat uchrashuvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. III-bosqich jarayoni ham 27 yanvardan 17 fevralga qadar yana Turkiyaning Lara shahrida olib boriladi. Bu bosqichlar jarayonida jamoaga qabul qilingan yangi futbolchilarning nimaga qodir ekanliklari va jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik darajasiga baho beriladi. Mavsumga tayyorgarlik borasidagi maʼlumotlarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar