Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YaNA IMKONIYaT BOY BERILDI

9-fevral, 2023·1 min o'qish
FB_IMG_1675993757628

Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" jamoasi bugun Ukrainaning "Krivbass" klubi bilan oʻrtoqlik bahsini oʻtkazdi. Fargʻonaliklar bundan oldin boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida imkoniyatlardan foydalana olmay 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchraganliklarini xabar bergan edik. Bu galgi bellashuvda ham oʻsha kamchiliklar takrorlandi. "Neftchi" ukrainalik futbolchilar bilan oʻtkazilgan bahsning birinchi boʻlimida 0:2 hisobida yutqazgan boʻlsa ham, ikkinchi boʻlimda qator oʻyinchilar almashtirilganidan keyin imkoniyatlar va tashabbus fargʻonaliklar tomoniga oʻtdi. Afsuski, yurtdoshlarimiz bu imkoniyatlardan yana koʻngildagidek foydalana olmadilar. Uchrashuvning 50-daqiqasida Umar Adhamzoda tomonidan mehmonlar darvozasiga kiritilgan gol magʻlubiyat hisobini 1:2 koʻrinishiga olib keldi xolos. Uchrashuvning qolgan qismidagi urinishlar kutilgan natijani bermadi va oʻyin 1:2 hisobida jamoamizning magʻlubiyati bilan yakunlandi. Yigitlarimizda kuch-gʻayrat va sport mahorati yetarli ekanligi ularning har bir harakatida yaqqol koʻrinib turibdi. Ana shu imkoniyatlardan oqilona foydalanish uchun maydonga tushirilgan har bir futbolchida masʼuliyat hissini kuchaytirish lozim. Jamoamizga ana shunday yaxshi tilaklarni billirib qolamiz. Oʻrtoqlik uchrashuvi "Neftchi" 1:2 "Krivbass" Gol: Umar Adxamzoda 52' - Karablin T 30' , Ustimenko D 33' "Neftchi": Akbar Toʻraev, Zoir Joʻraboev, Oleksey Larin, Muxsin Ubaydullaev, Mirzoxid Gʻofurov, Abbos Gʻulomov, Yuriy Batyushin, Diyor Turopov, Nurillo Toʻxtasinov, Ulugʻbek Xoshimov, Toma Tabatatdze. Zaxiradagilar: Shuxratillo Rahmonov, Andrey Mishenko, Nodirxon Neʼmatxonov, Gʻulomxaydar Gʻulomov, Doniyor Valiev, Sunnatillo Abdullajonov, Umar Adxamzoda, Izzatillo Abdullaev, Murod Bobojonov. Bosh murabbiy: V. G. Levcheneo "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar