XUSAYN NORChAEV "NEFTChI" AʼZOSI

Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. Rossiyaning "Alaniya" futbol klubiga tegishli yosh iqtidorli hujumchi Xusayn Norchaev ijara asosida bir yillik shartnomaga imzo chekdi . Maʼlumot oʻrnida, Xusayn Norchaev oʻtgan mavsumda Rossiya birinchi divizionida jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, futbolchi Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi safida shu kungacha koʻplab rasmiy va oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi. Shu bilan birga futbolchi milliy terma jamoamizga ham nomzod hisoblanadi. Ahil jamoamiz va koʻp sonli muxlislarimiz nomidan Xusayn Norchaevga fargʻonaliklar safida yanada gʻayrat va shijoat bilan harakat qilib, "Neftchi" sharafini munosib hissa qoʻshishidagi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati