XURShID MUXTOROV “NEFTChI" AʼZOSI !

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali futbolchi Xurshid Muxtorov "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamiz himoya qoʻrgʻonida xarakat qiladigan boʻldi. Maʼlumot uchun, Xurshid Muxtorov oʻtgan mavsumni Superliga vakili Yaypanning “Turon” jamoasida oʻtkazdi. Futbolchi mavsum davomida jami 21 uchrashuvda 1764 daqiqa harakat qilib, 4 ta gol urdi va 1 golga assistentlik qildi. Muxtorov faoliyati davomida "Lokomotiv", "Navbaxor", OKMK, "Nasaf", "Soʻgʻdiyona", "Qoʻqon-1912" va "Turon" jamoalari tarkidagi oʻyinlari orqali muxlislarga tanish boʻlib ulgirgan. Xurshid Muxtorov jamoamiz bilan shartnoma iizolagach: "Neftchi" jamoasi qanday klubligini yaxshi bilaman, Fargʻonalik muxlislarni juda talabchan, ularni yangi mavsumda juda ham ajoyib futbol bayrami kutib turibdi, oʻylaymanki yangi mavsumda jamoamiz bilan muxlislarni xursand qila olamiz! Olgʻa "Neftchi"! deb oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi! Jamoamiz va koʻp sonli muxlislarimiz nomidan Xurshid Muxtorovga "Neftchi"dagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati