Yangiliklarga qaytish
Onlayn

XAFTA DAYDJESTI

3-may, 2023·1 min o'qish
photo_2022-07-08_22-23-41

Xabaringiz bor, aprel oyi oxirida Superliga chempionatida tanaffus yuzaga keldi va 8-tur bahslari rasman iyun-iyul oylariga koʻchirildi. Demak futbol ixlosmandlari navbatdagi tur oʻyinlarini may oyidan boshlab kuzatib borish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Xoʻsh bu xaftada "Neftchi" PFK jamoalari kimlar bilan va qachon toʻp surishlarini eslatib oʻtamiz. — 5 may kuni Ayollar Oliy ligasining 4-tur bahsida Muxlisa Otaqoʻzieva bosh murabbiyligidagi "Neftchi"-W jamoamiz Olmaliqda OKMK-W klubi mehmoni boʻladi. — 7 may kuni Superliganing 9-tur bahsida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" futbol klubi Toshkentda Termizning "Surxon" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Boʻlajak uchrashuvlarda barcha jamoalarimizga omad va zafarlar yor boʻlsin. Jamoamizga oid xabarlarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar