VODIY DERBISIDA JANGOVAR DURANG

Jamoamizning navbatdagi "Andijon"ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi. Birinchi boʻlimda har ikkala jamoa vakillari tezkor va hujumkor oʻyin namoyish etishib, ketma-ket xavfli vaziyatlarni yarata olishdi. Lekin, hisobni birinchi boʻlib mehmonlar ochishga muvaffaq boʻlishdi. Bellashuvning 17-daqiqasida jarima maydonchamiz ichiga oshirilgan uzatmani Shahboz Erkinov baland sakragan holda boshi bilan zarba berib, toʻpni darvozaga chiroyli usulda joylab qoʻydi 0:1. Oʻtkazib yuborilgan goldan soʻng oʻyinda burilish yasash maqsadida katta kuch bilan oldinga intilgan vakillarimiz 21-daqiqada muvozanatni tiklashdi. Bu vaziyatda"Andijon" himoyachilarini mohirlik bilan aldab oʻtgan Bilolxon Toshmirzaev kuchli zarba bilan javob toʻpini kiritdi 1:1. Tanaffusga qadar fargʻonalik futbolchilarda hisobni oshirishga bir qancha imkoniyatlar bor edi. Lekin, vakillarimiz tomonidan yoʻllangan zarbalar darvoza ustuniga tegib qaytdi. Ikkinchi boʻlim ham ikkala jamoaning faolligi bilan boshlandi. Oʻyin davomida tashabbus hamda yaratilgan koʻplab xavfli vaziyatlar boʻyicha ustunlik mezbonlar tomonida boʻlishiga qaramay ikkinchi boʻlimda boshqa gollar kiritilmadi va vodiy derbisi jangovar durang 1:1 natijasi bilan yakun topdi. "NEFTChI" 1:1 "ANDIJON" Gollar: Shaxboz Erkinov 17 0:1, Bilolxon Toshmirzaev 21 1:1. Bosh hakam: Doston Mirzaraimov. Yordamchi hakamlar: Shoxrux Aʼzamov, Azizbek Isakov. "Neftchi": 45.Akbar Toʻraev, 5.Tomislav Mrchela, 20.Anvar Gʻofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 19.Mirzoxid Gʻofurov, 7.Umar Adxamzoda, 13.Lutfulla Toʻraev (s), 24.Gʻulomxaydar Gulyamov, 8.Sharof Muxiddinov, 40.Arabuli Bachana, 77.Bilolxon Toshmirzaev. Bosh murabbiyi: Vitaliy. Levchenko. "Andijon" jamoasi bugungi uchrashuvda quyidagi tarkibda maydonga chiqadi: "Andijon": 72.Igor Litovka, 21.Ildar Mamatkazin,15. Vladimir Bubanya, 66. Ilxom Alijonov, 9.Levani Arveladze,8. Farxod Bekmurodov,94. Armin Bashnyak, 22. Shaxboz Erkinov, 5.Abduvohid Gʻulomov,10. Ilxom Abdugʻaniev, 11.Sardor Abdunabiev. Bosh murabbiy: Aleksandr Xomyakov "Neftchi" PFK matbuot xizmati