Yangiliklarga qaytish
Umumiy

VLADIMIR YeJUROV: "BUGUNGI MUXLISLIK UChUN GʻALABA QOZONIShIMIZ ShART EDI"

3-oktabr, 2022·1 min o'qish
20220914211233_084A4658

Bugungi sifatli va chiroyli oʻyin uchun futbolchilarga rahmat aytaman. Bundan tashqari jamoamiz muhlislariga alohida tashakkur bildirib oʻtmoqchiman. Bugungi muxlislik uchun gʻalaba qozonmasak boʻlmas edi. Bugun jamoamiz oʻyinni nazorat qila oldi va raqibni iloji boricha oʻylagan rejalarini amalga oshishida toʻsqinlik qilishga harakat qildik, "Lokomotiv"ni oʻrgangib chiqdik. Ularning zaif tomonlarini futbolchilarga koʻrsata oldik va yakunda gʻalaba qozondik "Lokomotiv" jamoasida yahshi oʻyinchilar jamlangan.Shu qatori ular ancha tezkor xarakat qilishdi. Lekin, yakunda bugun jamoamiz gʻalaba qozondi. Bugungi muhlislikni koʻrib jamoamiz aʼzolari xuddi oʻzimizni stadionda oʻynaganday oʻzlarini his qilishdi. Shu uchun muhlislarga katta rahmat aytamiz. Ular bugun xaqiqiy 12-oʻyinchimiz boʻla olishdi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar