VLADIMIR YeJUROV: BUGUN FUTBOLChILARGA BERILGAN VAZIFALAR TOʻLIQ BAJARILDI

Bugungi gʻalaba bilan barcha jonkuyar muhlislarimizni tabriklayman. Bugungi oʻyin juda ogʻir oʻtdi, biz ogʻir oʻyin boʻlishini kutgan edik. Oʻtgan matbuot anjumanida taʼkidlab oʻtgan edim, murakkab muammo boʻlsa ham lekin, futbochilarimizning ongini tubdan oʻzgaritirish kerakligini taʼkidlagan edim. Uchrashuvdan oldin bergan koʻrsatmalarni futbolchilar toʻlaligicha aʼdo etishdi, bugun futbolchilar yahshi harakat qilib vaziyatlardan unumli foydalana oldi. Raqib jamoaning oʻyinlarini oʻrganib chiqqanimizda tezkor xujumlarga urgʻu berish kerakligini futbolchilarga tushuntirgandik.Koʻproq qarshi hujumda tezlik evaziga raqib himoyasini hato qilishga majbur qildik. - Penaltini amalga oshirishga kelsak, bundan avvalgi oʻyinlarda Shahzod Ubaydullaev hatoga yoʻl qoʻyganidan soʻng, futbolchilarga maydonda kim jarimani amalga oshirishini oʻzlariga qoʻyib berdik, kim tayyor boʻlsa penaltini amalga oshirishi mumkin edi. Biroq, bu safar ham penalti golga aylanmadi. Bundan keyin penalti tepish boʻyicha ham mashgʻulotlarda jiddiy ish olib boramiz. - Neʼmatxonov bugun jamoa tarkibidagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi va futbolchi uchrashuvda yaxshi taassurot qoldirdi. Bunday oʻyinlarda tajriba orttiradi va kelajakda yaxshi ijrochi boʻlib yetishishiga umid qilib qolamiz. - Qizil kartochkalar boʻyicha jamoada yigʻilish boʻlib oʻtdi va futbolchilarga kerakli koʻrsatmalar berildi. Umuman olganda qizil kartochka jamoa oʻyiniga salbiy taʼsir yeoʻrsatadi. Futbolda har hil holatlar boʻladi. Maydonda provokasiya va hissiyotlarga berilmay, gʻalaba ishtiyoqida oʻyinni davom ettirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Ishonamizki gʻalabalar hali oldinda va bugungi gʻalaba jamoamiz aʼzolarida oʻziga boʻlgan ishonchini oshirib, keyingi bahslarda yanada ijobiy natijalarga erishishlarida omil boʻladi. Yana bir bor muxlislarimizni irodali gʻalaba bilan tabriylaymiz. “Neftchi” PFK matbuot hizmati