Yangiliklarga qaytish
Onlayn

VITALIY LEVChENKONI TABRIKLAYMIZ!

28-mart, 2023·1 min o'qish
20230318130152_084A4349

Bugun "Neftchi" futbol klubining bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko oʻzining 51 yoshini qarshi olmoqda. Yoshligidan futbolga alohida mehr qoʻygan bu inson Ukraina va Tojikistonning taniqli jamoalarini boshqarib, eng yaxshi natijalarga erishganligi bois el orasida tajribali va malakali mutaxassis sifatida obroʻ-eʼtibor topdi. Uning bu boradagi bilim va tajribasi Fargʻona jamoasining Superligada quvonchli natijalarga erishayotganligida ham yaqqol sezilmoqda. "Neftchi" PFK rahbariyati,murabbiylar shtabi,futbolchilar va barcha jonkuyar muxlislari nomidan Vitaliy Grigoryevichni tavallud topgan kuni bilan qizgʻin muborakbod etib, unga uzoq umr, mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va hamma sohada yuksak omadlar tilaymiz. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, Vitaliy Grigoryevich! https://youtu.be/4rJDuunYxrs "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar