Yangiliklarga qaytish
Umumiy

VITALIY LEVChENKO: "YaGONA HATO EVAZIGA GOL OʻTKAZIB YuBORDIK"

6-fevral, 2023·1 min o'qish
20221102193918_084A9435

Turkiyada oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari doirasida "Neftchi" jamoasi navbatdagi nazorat-oʻrtoqlik bahsida Armanistonning "Alashkert" klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv minimal 0:1 hisobida raqiblarimizning foydasiga hal boʻldi. Uchrashuvdan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko oʻyin hususida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. — Bellashuvda keskin qarama-qarshilik guvohi boʻldik, chunki, har ikkala jamoa vakillari ham sifatli oʻyin namoyish qilishdi.Ikkinchi boʻlim boshlarida himoyada yagona pozisiyaviy hatomizdan unumli foydalanib qolgan raqiblarimiz darvozamizni ishgʻol etishdi. Bellashuvning 60-daqiqasida tarkibimizni rotasiya qilish oqibatida bir nechta yangi oʻyinchilarni maydonga tushirdik. Shundan soʻng oʻyindagi tashabbus toʻlaligicha biz tomonga oʻtgach, koʻpgina golli vaziyatlarni yaratdik. Ammo, raqiblarimizning posboni ishonchli oʻyin koʻrsatib, toʻlaqonli golga tortadigan havfli vaziyatlarni bartaraf etishga erishdi. Yigʻinlar doirasida mashgʻulotlarni olib boramiz va keyingi raqib bilan boʻlib oʻtadigan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettiramiz,-dedi bosh murabbiy. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar