VITALIY LEVChENKO PRO LISENZIYaSIGA EGA BOʻLDI

Superliganing ikkinchi davrasi boshlanish arafasida "Neftchi" futbol klubida ish boshlagan ukrainalik mutaxassis Vitaliy Grigoryevich Levchenko bugun PRO lisenziyasiga ega boʻldi. Ukraina futbol assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida faol qatnashgan Vitaliy Levchenko amaliy va nazariy dasturlarni puxta egallaganligi va oʻz ishiga yuksak masʼuliyat bilan yondashganligi tufayli bosh murabbiylar uchun zarur boʻlgan PRO lisenziyani qoʻlga kiritdi. Oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari "Dinamo"(Kiev), "Shaxtyor"(Donesk), "Dnepr"(Dnepropetrovsk) va "Desna"(Chernigov) futbol jamoalarining ish tajribalari bilan bevosita tanishdi va oʻzi uchun muhim qonun-qoidalarni puxta oʻzlashtirib oldi. Vitaliy Grigoryevichni ana shu muhim diplom bilan samimiy qutlaymiz va unga Fargʻona futbolini jadal rivojlantirish sohasidagi faoliyatiga muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati