Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Vitaliy Levchenko - "Neftchi" PFK bosh murabbiyi!

2-iyul, 2022·1 min o'qish
DA2A0A58-A3BD-434D-B3DE-2DFBB118BFCE_w1200_r1

Bugun Fargʻona futbolassosiasiyasi binosida Fargʻona futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Xaitbaevich Bozorov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi, yigʻilishda jamoaning rahbariyati va murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan mutaxassislar va klub rahbariyatida oʻzgarishlar roʻy berdi, jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan, Ilhom Moʻminjonovning istefosidan soʻng uning oʻrniga Tojikistonda tugʻilgan Vitaliy Levchenko Grigorievich bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. Shu bilan bir qatorda klub raisligida ishlab kelgan Gʻofurov Zoxidjon oʻrniga Moʻsinhoji Mehmonov klub raisi etib tayinlandi. Shuningdek, klub matbuot xizmati rahbari etib Abdullaev Saidabzal tayinlandi. Yigʻilishda bir qator masalalar koʻrib chiqilib, klubni rivojlantirish borasida topshiriqlar berildi. Batafsil maʼlumotlar keyinroq beriladi.

Ulashish

O'xshash yangiliklar