Yangiliklarga qaytish
Umumiy

VITALIY LEVChENKO KEChAGI GʻALABADAN SOʻNG QISQAChA INTERVYu BERDI

14-fevral, 2023·1 min o'qish
IMG_8729

—Uchrashuv jangovar ruhda kechdi. Ukraina jamoalari asosan atletik va jismonan kuchli futbol namoyish etish tarafdorlari. Shuning uchun, raqibimiz pressing qoʻllab, kuchli bosim oʻtkazganda, unga qarshi chora topa olganimizdan qoniqish hosil qildim. Oʻz navbatida "Zarya" jamoasida faoliyat yuritayotgan niderlandiyalik mutaxassisning malakasi ham bugungi oʻyinda bilindi. Shunisi quvonarliki, oʻyinda standart vaziyatdan gol kiritdik. Chunki, jamoamiz mashgʻulotlarida ushbu jarayon ustida doimo ish olib borayapmiz va bu ishlar amalda ham oʻz isbotini topdi. Yuklama va koʻrsatmalarni bajarishda futbolchilarning yondashuvi ham alohida tahsinga loyiq. Umumiy qilib aytganda, reja asosida tayyorgarlik davom ettiriladi, oldimizda esa bizni yana ikkita sparring kutmoqda,—dedi bosh murabbiy "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar