Vitaliy Levchenko: "Iflos futbol?" Men bunday koʻrsatma bermaganman"

Oʻyin haqida "Yaxshi oʻyin boʻldi. "Nasaf" tashabbusga ega boʻldi, biz atayin toʻpni raqibga berdik va ikkinchi raqamda, qarshi hujumlarda oʻynashga qaror qildik. Soʻnggi daqiqalarda gol ura oldik. "Nasaf"da 1-2 ta vaziyat boʻldi, ammo ulardan foydalana olishmadi. Balki bugun omad ham kulib boqqandir. Ketma-ket uchta magʻlubiyatdan keyin yigitlar bilan gaplashib oldik va xatolarni tahlil qildik", - dedi Vitaliy Levchenko. - "Neftchi" oʻyindan avval ligada qolishini bilardi, ammo jamoainiz xuddi finaldek harakat qilishdi... - Biz bu yerga kurashish uchun kelgandik. Sababi musobaqa jadvalini koʻrgandingiz, bizdan avval tugagan uchrashuvlardan qatʼiy nazar motivasiya kuchli edi. Natijalarni eshitganimizdan keyin yelkamizdan togʻ agʻdarildi va yigitlar ekin oʻynashdi. - "Istiqlol"da ishlagangizda ham, "Neftchi"dagi oldingi oʻyinlarda ham chiroyli futbol namoyish etardi. Ammo bugun ayniqsa birinchi taymda "iflos futbol" namoyish etildi. Hatto qaysidir futbolchining oyogʻi sinib ketsa ham bunchalik qattiq baqirmaydi... - Bu savolingizga javob bera olmayman. Shaxsan men ularga yotib olish boʻyicha koʻrsatma bermaganman, ishoning. Aksincha futbolchilarga tartibli oʻynash boʻyicha koʻrsatma bergandim. - Boshqa jamoa sizlarga bugungi yutuq uchun mukofot puli taklif qilgani haqida mish-mishlarni eshitdik... - Bizda standart vaziyat edi. Musobaqa jadvalida qaerda ekanimizni koʻrdingiz. Shu bois oʻz maqsadlarimizni bajarish uchun oʻynadik xolos. - Keyingi yilgi vazifa va maqsadlar qanday? - Hozircha bu haqda bilmayman, barchasi viloyat hokimi bilan uchrashuvdan keyin maʼlum boʻladi. Men kelganimida oldimga ligada qolish vazifasi qoʻyilgandi. Keyingi yil nima boʻlishini endi bilamiz.
Manba: : championat.asia