Yangiliklarga qaytish
Umumiy

VITALIY LEVChENKO BILAN ShARTNOMA MUDDATI UZAYTIRILDI.

20-iyul, 2023·1 min o'qish
084A2325

“Neftchi” PFK jamoasi bilan bosh murabbiyi Vitaliy Grigoryevich Levchenko bilan shartnomani 31.12.2024 yilgacha uzaytirdi. Mazkur, UEFAning PRO lisenziyasiga ega murabbiy bilan oldingi shartnoma muddati shu yilning 31 dekabr kuni yakuniga etayotgandi. Vitaliy Levchenko jamoamizga kelgandan buyon, jamoa bosh murabbiyi sifatida 26 bor maydonga boshlab tushdi, va ushbu uchrashuvlarda jamoamiz 12 uchrashuvda gʻalaba qozongan, 4 bor magʻlubiyatga uchragan va 10 bor durrang oʻynagan, ushbu uchrashuvlarda 41 bor gol urib, 26 bor gol oʻtkazib yuborganmiz. Ushbu koʻrsatkichlar soʻngi yillardagi jamoamizning eng yaxshi koʻrsatkichi boʻlib turibdi. Jamoamiz Vitaliy Grigoryevich Levchenko bilan shartnoma muddati uzaytirilgani jamoamiz rahbariyati Grigoryevichga toʻliq ishonch bildirayotganidan dalolatdir! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar