Yangiliklarga qaytish
Match report

VAKILLARIMIZ SAFARDA IMKONIYATNI BOY BERISHDI

13-oktabr, 2026·2 min o'qish
NEFTCHI FC

Kutilganidek, uchrashuv har ikkala jamoaning faolligi bilan boshlandi. Lekin o‘yindagi tashabbusni mezbonlar asta-sekinlik bilan o‘z qo‘llariga olishga erishdilar. Ushbu faollik 34-daqiqada o‘z natijasini berdi. Jarima maydonchamiz ichida bo‘sh qolgan Anjelo kuchli zarba bilan darvozamizni ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi – 1:0.
O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng mezbonlar hujumkorlikni davom ettirishdi va 42-daqiqada tajribali Ronaldu kuchli zarba bilan darvozamizga ikkinchi to‘pni kiritib, hisobni oshirdi – 2:0.
Ko‘p o‘tmay vakillarimiz chiroyli kombinatsiya uyushtirib, hisobni qisqartirishdi. Lekin VAR hakamlari Markus Forssning kiritgan golida ofsayd borligini aniqlashdi va gol bekor qilindi. Ushbu hisob bo‘lim yakunigacha o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘lim jamoamizning keskin hujumlari bilan boshlandi ва bu sa’y-harakatlar 51-daqiqada o‘z samarasini berdi. Jarima maydonchasi ichida to‘pni qulay vaziyatda qabul qilib olgan Alisher Odilov aniq zarba bilan raqib darvozasini teshib o‘tdi – 2:1.Ushbu goldan ruhlangan futbolchilarimiz muvozanatni tiklash uchun oldinga intilishdi. Biroq 65-daqiqada raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan Ikrom Aliboyev qizil kartochka olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.Bir kishi kam bo‘lib qolgan vakillarimiz himoyada qiyinchilikka duch kela boshlashdi va 78-daqiqada uchinchi golni o‘tkazib yuborishdi. Mezbonlar vakili chap qanotdan jarima maydonchamiz ichiga yorib kirib, kuchli zarba yo‘lladi. Afsuski, ushbu zarbaga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan himoyachimiz Anvarjon G‘ofurovning xatosi sababli to‘p o‘z darvozamizdan joy oldi – 3:1.Hisobda ortda qolayotganiga qaramay, vakillarimiz aslo taslim bo‘lishmadi ва tez-tez xavfli qarshi hujumlar uyushtirib turishdi. Lekin bu urinishlar yakunda samarasiz yakunlandi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan to‘rt daqiqada ham hisob o‘zgarmadi ва bir kishi kam bo‘lib harakat qilgan jamoamiz safardagi bahsda 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

AFC CHAMPIONS LEAGUE ELITE
2026/2027
12 oktyabr  2-tur
Ar-Riyod shahri, "Al-Awwal Park" o‘yingohi  soat 21:15
"AL-NASSR"    3:1
"NEFTCHI"
Gollar: Anjelo, 34'(1:0), Ronaldo, 42'(2:0), Alisher Odilov, 51'(2:1), Anvarjon G‘ofurov, 78' AG (3:1)
Chetlatish: Ikrom Aliboyev, 65'(Neftchi)

Bosh hakam: Ma Ning (China PR)
Yordamchi hakamlar: Zhou Fey (China PR), Luo Zheng (China PR)
Zaxira hakami: Zhang Lei (China PR)
VAR: Fu Ming (China PR)
AVAR: Du Jianxin (China PR)
Nazoratchi: Ismail Adnan Alhafi (Jordan)
Komissar: Bassem El Zouhairi(Lebanon)

"Neftchi": 1.Botirali ergashev, 3.Mishel Augusto(77.Ratinyo,,69'), 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev,(34.Farrux Sayfiyev,46'), 7.Abrorbek Ismoilov,(11.Asilbek Jumayev,61'), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvarjon G‘ofurov, 31.Yan Sasse(22.Alisher Odilov,46'), 52.Koffi Kouao, 88.Markus Forss(18.Stipe Perica,61'),

Zaxirada:
45.Akbar To‘rayev, 8.Vladimir Yovovich, 9.Hurshid Gʻiyosov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 32.Zoran Marushich, 71.Bilolxon Toshmirzayev

Bosh murabbiy: Islombek ismoilov

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar