"URAL" BILAN OʻYINGA TAYYoRGARLIK QIZGʻIN
11-iyul, 2023·1 min o'qish

Xabaringiz bor, 6 iyul kuni sevimli "Neftchi" jamoamiz xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida Rossiyaning "Ural" klubini qabul qilgan edi. Ushbu bellashuvdan soʻng murabbiylarimiz futbolchilarga qisqa muddatli taʼtil taqdim etishdi. Bugun esa jamoamiz vakillari taʼtildan qaytib, "Ural" jamoasiga qarshi rejalashtirilgan safar uchrashuviga tayyorgarlikni Qirgulidagi qarorgoh stadionida boshlab yubordilar. Eslatib oʻtamiz, "Ural"-"Neftchi" xalqaro oʻrtoqlik bahsi 13 iyul kuni Yekaterinburg shahridagi "Yekaterinburg arena" stadionida mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da boʻlib oʻtadi. Eʼtiboringizga bugungi mashgʻulotlar jarayonidan tayyorlangan fotolavhalarni havola etamiz. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati


























