Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ULUGʻBEK HOShIMOV BILAN ShARTNOMA UZAYTIRILDI.

19-noyabr, 2022·1 min o'qish
IMG_20221120_181633_452

Oʻtgan mavsumda oʻzining yorqin oʻyinlari orqali muxlislar mehrini qozona olgan xujumchi Ulugʻbek Hoshimov bilan shartnoma muddati uzaytirildi. Yangi futbol mavsumida ham Ulugʻbek Hoshimovga jamoamizning Superligadagi gʻalabali yurishlariga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirgan holda, unga kuch-quvvat, gʻayrat-shijoat va ulkan omadlar yor boʻlishini tilaymiz. Eslatib oʻtamiz, Hoshimov ushbu mavsum Superligada jami 16 bor asosiy tarkibda maydonga tushib, ikki bor gol muallifiga aylangan va bir marta assist rolini bajargan. Mavsum davomida jami maydonda 1423 daqiqa harakat qildi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar