UCHINCHI DURANG

"Neftchi" jamoamiz Superliga musobaqalarini raqib bilan murosa asosida o'tkazishga majbur bo'lmoqda. Vitaliy Levchenko shogirdlari Qarshining "Markaziy" stadionida bo'lib o'tgan bahsda albatta g'alaba qozonishga umid qilgan edilar. Afsuski, amalda bu umidlar ro'yobga chiqmadi. Amaldagi chempion- qarshiliklar birinchi bo'limda kichik ustunlikka ega bo'lib, ancha tashabbuskor o'yin namoyish etdilar. Darvozamiz oldida qator jiddiy vaziyatlar vujudga keltirdilar. Lekin, berilgan zarbalarda aniqlik yetishmadi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limida farg'onaliklar tashabbusni o'z qo'llariga oldilar. Ammo, bizning hujumchilarimizda ham jangovar ruh va to'p tepishda aniqlik yetishmadi. Shu bois, uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Bosh hakam tomonidan qo'shib berilgan to'rt daqiqada yana maydon egalarining bosimi kuchaydi. So'nggi daqiqalarda "Nasaf" legioneri Dragan Cheran tepalatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozamizga yo'lladi. Biroq, to'p darvoza to'sinidan oshib, noaniq ketdi. Shu tariqa, bellashuvda hisob ochilmay durang natija qayd etildi. Bu sevimli jamoamiz uchun yangi mavsumda uchinchi uchrashuv va uchinchi durang natija bo'ldi. Navbatdagi bellashuvda yigitlarimiz Farg'onadagi markaziy o'yingohda "Navbahor"ni qabul qiladilar. Ishonamizki, bu uchrashuv" Neftchi "uchun ham, uning ko'p sonli muxlislari uchun ham quvonchli, g'olibona bellashuv bo'ladi. “Nasaf” — “Neftchi” 0:0 29.03.2025. "Markaziy", Qarshi. 18:30 Bosh hakam: Axrol Risqullaev Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Dilshod Jumaniyozov Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov Nazoratchi: Valentin Kovalenko VAR: Asker Najafaliev AVAR: Akmal G'iyosov Komissar: Shohrux Said "Neftchi": 25.Eldorbek Suyunov, 5.Ikromjon Aliboev (11.Quvondiq Ro'ziev, 85), 7.Abrorbek Ismoilov (24.G'ulom-Haydar G'ulomov, 85), 9.Shoxruh Gadoev (8.Vladimir Yovovich, 75), 10.Jamshid Iskanderov, 14.Jamshid Boltaboev, 20.Anvarjon G'ofurov (s), 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 32.Zoran Marushich (17.Muhammadali G'iyosov,75), 34.Farruh Sayfiev, 77.Bilolxon Toshmirzaev Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 33. Shoxruhbek Yoqubjonov, 66.Doniyor Valiev Ogohlantirish: 12 - Shohruh Gadoev, 26 - Zafarmurod Abdirahmatov, 45+5 - Husayn Norchaev, 78 - Jamshid Iskanderov