Yangiliklarga qaytish
Umumiy

U-19 JAMOAMIZNING SAFARDAGI GʻALABASI

20-sentabr, 2022·1 min o'qish
IMG_20220921_074603_677

Bugun U-19 Birinchiligida 18-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Ushbu tur doirasida Ruslan Umerov boshchiligidagi "Neftchi" (U-19) jamoamiz Gʻuzor shahrida mahalliy "Shoʻrtan" (U-19) klubiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan mazkur bellashuvda yoshlarimiz yirik 3:1 hisobida ustun kelishib, navbatdagi 3 ochkoni qoʻlga kiritdilar. Jamoamizdan gollarga Joʻrabek Joʻraev hamda Abdulaziz Salohiddinovlar mualliflik qilishdi. Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan yoshlar jamoamizni safarda qoʻlga kiritilgan chiroyli va muhim gʻalaba bilan tabriklab, keyingi bellashuvlarda ham omad va zafarlar yor boʻlsin deymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar