"TURON" - "NEFTChI" UChRAShUVI QOLDIRILDI
20-sentabr, 2023·1 min o'qish

22 sentyabr kuni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan "Turon" - "Neftchi" uchrashuvi nomaʼlum muddatga qoldiriladi. Bunga sabab sifatida 21-23 sentyabr kunlari Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtadigan Butunjahon hunarmandlar festivali koʻrsatilmoqda. Maʼlumot uchun "Neftchi" soʻnggi rasmiy oʻyinni 31 avgust, "Turon" esa 25 avgust kuni oʻtkazgandi. Agar "Turon" - "Neftchi" uchrashuvi 20-turdan keyingi muddatga qoldirilsa, Fargʻona klubi 27 sentyabr kuni (28 kundan soʻng), "Turon" esa 28 sentyabr (34 kundan soʻng) rasmiy bahsda maydonga tushadi.