"TURON" - "NEFTChI" UChRAShUV SANASI MAʼLUM BOʻLDI

Coca Cola Superligasi 19-turidan oʻrin olgan "Turon" – "Neftchi" uchrashuvi 9 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. 10 noyabrda esa mazkur tur doirasidagi yana bir uchrashuv — "Buxoro" – "Olimpik" oʻyini oʻtkaziladi. "Liga taqvim tuzishda Qoʻqon mezbonlik qilayotgan yirik xalqaro festivalni inobatga olgan boʻlib, "Qoʻqon-1912" futbol klubi ishtirokidagi oʻyinlar sanasini shundan kelib chiqib belgilagandi. Biroq festivalga xorijdan kutilganidan koʻproq mehmonlar kelayotgani inobatga olinib, Fargʻona viloyati hokimi Qoʻqonga qoʻshni boʻlgan Yaypandagi chempionat uchrashuvi sanasini oʻzgartirish masalasida taklif bilan chiqdi. "Turon" va "Neftchi" xalqaro maydonda ishtirok etmayotganidan kelib chiqib, Liga mazkur taklifni qabul qildi. Boisi, soʻnggi yillarda Fargʻona derbisi oʻziga hos ahamiyat kasb etib borayotganidan kelib chiqib, biz uchun xavfsizlik masalasi birinchi oʻrinda turadi. Avvalroq Liga "Olimpik" futbol klubi asosini tashkil qiluvchi qator futbolchilar Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishidan kelib chiqib, jamoaning 19-turdan oʻrin olgan "Buxoro"ga qarshi oʻyinini noyabr oyidagi FIFA kunlariga yaqinlashtirishga qaror qilgandi. Endilikda Fargʻonaning ikki klubi ham shu pallada kurash olib borishi belgilandi", – deyiladi OʻzPFL xabarida. Manba : pfl.uz