TURKIYaDAGI YIGʻINLAR BOShLANDI
7-yanvar, 2023·1 min o'qish

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik koʻrish maqsadida Turkiyaga yetib borgan "Neftchi" jamoasi vakillari bugundan oʻquv-yigʻin mashgʻulotlariga kirishdilar. Koʻtarinki kayfiyat va moʻtadil iqlim sharoitida boʻlib oʻtgan ilk mashgʻulotlarda futbolchilarga koʻproq toʻp bilan muomala qilish va yengil jismoniy mashqlarni bajarish boʻyicha yuklamalar berildi.
Tayyorgarlik jarayoni borasida rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali xabarlarni berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati