TURKIYa YIGʻINLARI YaKUNLANDI

Yangi mavsumga Turkiyaning Antalya shahrida puxta hozirlik olib borgan "Neftchi" jamoasi Toshkentga qaytib kelmoqda.Oʻtgan davr ichida,yaʼni 6 yanvardan 17 fevralgacha jamoa Polsha,Vengriya, Bolgariya,Armaniston, Ukraina,Rossiya va Qozogʻistonning taniqli jamoalari bilan 10 ta oʻrtoqlik-nazorat bahslari oʻtkazdi.Bu bellashuvlar "Neftchi"ning azaliy va yangi aʼzolari uchun chinakam chiniqish maktabi boʻldi.Yigitlarimiz oʻrtoqlik uchrashuvlarida jismoniy chiniqish bilan birga, kasb mahoratlarini oshirish, zamonaviy futbol nazariyasi va amaliyotini mukammallashtirish imkoniyatiga ega boʻldilar. Turkiyadagi mashqlar davomida yuqorida taʼkidlaganimizdek 10 ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.Bulardan 6 tasida gʻalaba qayd etilgan boʻlsa, 2 tasida kuchlar teng keldi va 2 tasida imkoniyatlar boy berildi.Turkiyadan qaytgan futbolchilarga 3-4 kunlik qisqa taʼtil taqdim etiladi va shundan soʻng "Metallurg" klubiga qarshi oʻyinga tayyorgarlik jarayoni poytaxtda olib boriladi. Murabbiylar shtabining rejasiga koʻra, chempionat boshlangunga qadar nazorat-sinov uchrashuvida ishtirok etish ham koʻzda tutilgan. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali berib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati
