TURKIYa YIGʻINLARI GʻALABALAR BILAN YaKUNLANDI

Avval xabar berganimizdek, yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrish uchun yanvar oyida Turkiyaga yoʻl olgan jamoamiz yigʻinlar doirasida bugun oxirgi nazorat uchrashuvlarini yakunladi. Kunning birinchi yarmida Rossiyaning "Krilya Sovetov" klubi magʻlub etilgan boʻlsa (3:2), kechga yaqin ikkinchi oʻrtoqlik oʻyinida Qozogʻiston Premyer ligasining vakili "Jetisu" jamoasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ham fargʻonaliklar ishonchli gʻalabaga erishdilar 2:0. Birinchi boʻlim oxirida qozogʻistonlik futbolchilar darvozasi tomon belgilangan 11-metrli jarimani gruziyalik legionerimiz Toma Tabatadze qoyilmaqom tarzda bajarib, uchrashuvda hisobni ochgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda tarkibimizga yangi kelib qoʻshilgan futbolchi Nurillo Toʻxtasinov esa "Jetisu" darvozasiga navbatdagi golni kiritib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Mazkur natija oʻyin oxirigacha oʻzgarishsiz qoldi. "Neftchi" 2:0 "Jetisu" Antaliya 19:30 (Toshkent vaqti) Gollar: Toma Tabatadze,41 pen(1:0), Nurillo Toʻxtasinov, 80 (2:0) "Neftchi": Vladimir Nazarov, Muhsin Ubaydullaev, Zoir Joʻraboev, Andrey Mishenko, Abbos Gʻulomov(Gʻulomxaydar Gʻulomov 81), Mirzohid Gʻofurov, Nurillo Toʻxtasinov, Diyor Turopov, Yuriy Batyushin, Toma Tabatadze, Ulugʻbek Hoshimov (Izzatilla Abdullaev 81) Bosh murabbiy: V.Levchenko Shu bilan jamoamizning yanvar oyidan boshlangan Turkiya yigʻinlaridagi oxirgi bahslari ketma-ket ishonchli gʻalabalar bilan oʻz nihoyasiga yetdi. Barcha jonkuyar muxlislarimiz nomidan sevimli jamoamizni bugungi qoʻshaloq gʻalabalar bilan tabriklab qolamiz va yangi mavsumda jonajon "Neftchi"ga omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati