Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TURKIYa SAFARI OLDIDAN TOShKENTDA QISQA YIGʻINLAR BOShLANDI

3-yanvar, 2023·1 min o'qish
20220829181835_084A3449

Avval xabar berib oʻtganimizdek, tayyorgarlikning ikkinchi bosqich jarayoni Turkiyada boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan safar oldidan jamoamiz aʼzolari bugun Toshkentda yigʻilib, qisqa oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini boshlab yuborishdi.Ushbu yigʻin 6 yanvar kuni nihoyasiga yetadi va vakillarimiz Turkiyaning Antalya shahriga yoʻl oladilar. Jamoamiz u yerda 20 yanvargacha mashgʻulotlarda ishtirok etadi. Oʻquv-yigʻinlar davomida jamoamiz ikkita oʻrtoqlik-nazorat uchrashuvlarida maydonga chiqishi koʻzda tutilgan. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" PFK jamoasi!

Ulashish

O'xshash yangiliklar