Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TOJIKISTONNING NAVBATDAGI JAMOASI HAM MAGʻLUB BOʻLDI

25-iyul, 2023·2 min o'qish
IMG_20230725_225656_349

Vitaliy Levchenko shogirdlari bugun "Istiqlol" stadionida navbatdagi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida Tojikistonning "Xoʻjand" jamoasini qabul qilishdi. Bundan oldingi oʻrtoqlik uchrashuvi kabi bugungi oʻyinda ham murabbiylarimiz har ikkala boʻlimda ikki hil tarkibni maydonga tushirdilar. Birinchi boʻlimda harakatlangan tarkib aʼzolari oʻyinda ustunlikka erishgan boʻlishlariga qaramay, hisobni ochishga muvaffaq boʻla olishmadi 0:0. Asosiy voqealar rivoji ikkinchi boʻlimda sodir etildi. Uchrashuvning 46-daqiqasida chap qanotdan qarshi hujumga yuqori tezlikda kirib borgan Izzatilla Abdullaev tojikistonlik himoyachini chiroyli uslubda aldab oʻtib, aniq zarba yoʻlladi va hisobni ochdi 1:0. Uchrashuvning 70-daqiqasida hisobni yanada oshirish imkoniyati paydo boʻlgan edi. Ulugʻbek Xoshimov qulay pozisiyaga chiqib, uzatmani qabul qilib oldi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqach kuchli zarba berdi. Biroq, mehmonlar posboni mahorat koʻrsatib, toʻpni qaytarishga erishdi. Mehmonlar ham darvozamiz tomon bir necha bor xavfli hujum uyushtirishga erishib, 80-daqiqada jarima toʻpini amalga oshirishdi. Bu vaziyatda mehmonlardan Nozim Bobojonovning yoʻllagan kuchli zarbasi darvozamiz toʻsiniga tegib qaytdi. Aks holda hisob tenglashishi mumkin edi. 87-daqiqada faollik bilan harakatlanayotgan Nozim Bobojonovning olis masofadan yoʻllagan navbatdagi kuchli zarbasini bu safar Akbar Toʻraev qaytarib qoldi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalari jamoalarning ketma-ket qarshi hujumlari ostida oʻtganligiga qaramay, hisob oʻzgarmadi va yakunda jamoamiz minimal 1:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdi. "Neftchi" (Fargʻona, Oʻzbekiston) 1:0 "Xoʻjand" (Xoʻjand, Tojikiston) Fargʻona shahri. "Istiqlol" stadioni Gol: Izzatilla Abdullaev 46. Bugungi uchrashuvda toʻp suradigan futbolchilar "Neftchi": 12.Vladimir Nazarov 2.Zoir Joʻraboev 7.Umar Adhamzoda 8.Sharof Muhitdinov 13.Lutfulla Toʻraev 19.Mirzohid Gʻofurov 20.Anvarjon Gʻofurov 21.Muxsinjon Ubaydullaev 22.Georgiy Nikabadze 23.Diyorjon Turopov 24.Gʻulom-Haydar Gulamov Ikkinchi boʻlimda 45.Akbar Toʻraev 3.Nodirxon Neʼmatxonov 5.Eduard Emsis 9.Ulugʻbek Xoshimov 10.Sunnatilla Abdullajonov 11.Izzatilla Abdullaev 14.Rahmonjon Roʻziev 17.Abdulloh Olimov 26.Aleksey Larin 28.Fozil Musaev 66.Doniyor Valiev 70.Abbosjon Gʻulomov 77.Bilolxon Toshmirzaev Bosh murabbiy: Vitaliy Levchenko "Xoʻjand": 1.Dilshod Dadaboev 2.Fahriddin Axtamov 3.Toni Bekatal 23.Ramazan Naniev 5.Firdavs Abdusalamov 6.Xojiboy Ziyoev 8.Ehson Boboev 14.Azizbek Hayitov 13.Nozim Bobojonov 62.Jahongir Ergashev 10.Dilshod Bozorov Zaxirada: 76.Zuhriddin Moʻydinov 4.Parviz Boqiev 77.Muib Saidov 17.Hushnudbek Bozorov 7.Javohir Rasulov 19.Azizbek Daliev Bosh murabbiy: Farruh Marofiev 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar