Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TOJIKISTON KLUBLARI BILAN HAM OʻRTOQLIK OʻYINLARI OʻTKAZILADI

5-iyul, 2023·1 min o'qish
IMG_20230705_233634_072

Superligada ayni paytda birinchi davra yakunlanib, jamoalar ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan. Jumladan, "Neftchi" futbol klubi tayyorgarlik doirasida Rossiyaning "Ural" jamoasi bilan 6-chi va 13-chi iyul kunlari ikkita xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Jamoamiz murabbiylar shtabi ushbu oʻyinlardan soʻng yana ikkita xalqaro oʻrtoqlik bahsini oʻtkazish boʻyicha reja tuzishgan. Navbatdagi raqiblar esa qoʻshni Tojikiston respublikasi oliy ligasi vakillari "Esxata" hamda "Xoʻjand" klublari hisoblanadi. Uchrashuv sanalari bilan aziz muxlislarimizni tanishtirib oʻtamiz. Oʻrtoqlik uchrashuvi 21 iyul soat 20:00da "NEFTChI"-"ESXATA"(Tojikiston) Oʻrtoqlik uchrashuvi 25 iyul soat 20:00da "NEFTChI "-"XOʻJAND "(Tojikiston) Eslatib oʻtamiz, uchrashuvlar Fargʻonadagi" Istiqlol" markaziy oʻyingohida boʻlib oʻtadi.

Ulashish

O'xshash yangiliklar