TERMA JAMOA DARVOZABONI BILAN ShARTNOMA IMZOLANDI!
23-dekabr, 2022·1 min o'qish

Bugun "Neftchi" futbol klubi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi darvozaboni Asror Kenjaev bilan shartnoma imzoladi. Asror Kenjaev Chigʻatoy futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2004 yilda tugʻilgan yosh darvozabon hozirgi kunda Ravshan Haydarov boshchiligidagi U-20 terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi sifatida harakat qilib kelmoqda. Asror Kenjaevga kelajakda jamoamizdagi faoliyatiga omadlar yor boʻlishini tilab qolamiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati
