Yangiliklarga qaytish
Onlayn

TAYYoRGARLIK TURKIYaDA DAVOM ETTIRILADI

3-yanvar, 2024·1 min o'qish·2
084A7624

Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlikning birinchi bosqichini Toshkentda oʻtkazgan Vitaliy Levchenko shogirdlari ayni damda qisqa taʼtilda boʻlganligidan xabaringiz bor.Taʼtil davomida murabbiylar shtabi tomonidan har bir futbolchiga alohida individual tarzda shugʻullanishi uchun maxsus koʻrsatmalar taqdim etilgan. Taʼtil yakuniga yetgach ishlab chiqilgan rejaga asosan jamoa vakillari Toshkentda yigʻilib, tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini oʻtash uchun 7 yanvar kuni Turkiyaning Antalya shahriga yoʻl olishadi. U yerda jamoamiz 26 yanvargacha shugʻullanadi va shundan soʻng futbolchilarga toʻrt kunlik hordiq beriladi. Tayyorgarlikning navbatdagi bosqich jarayoni 1 fevraldan boshlab davom ettiriladi. Turkiya yigʻinlariga jalb qilinadigan jamoa aʼzolari borasidagi maʼlumotlar tez orada beriladi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar