TAYYoRGARLIK QIZGʻIN

"Neftchi" jamoasi birinchi davradan keyingi tanaffusdan foydalanib ikkinchi davraga tayyorgarlik mashqlarini qizgʻin davom ettirmoqda. Jamoa Rossiyaning "Ural" klubi bilan oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvidan qaytgach toʻrt kun dam oldi. 18 iyul kuni Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoamiz aʼzolari ikkinchi davra oʻyinlariga tayyorgarlik rejasi boʻyicha mashgʻulotlarni Qirgulidagi qarorgoh stadionida boshlab yubordi. Asosiy maqsad, 21 iyulda Tojikistonning "Esxata" jamoasi bilan boʻlib oʻtadigan oʻrtoqlik uchrashuvini yuksak saviyada yakunlab, keyingi rasmiy bahslarga har jihatdan puxta tayyorgarlik bilan borishdan iborat. Muxlislarimiz eʼtiboriga bugungi mashgʻulotlardan olingan foto va videolavhalar havola etiladi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati


















