Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TAYYoRGARLIK ERTADAN DAVOM ETTIRILADI

5-iyun, 2023·1 min o'qish
IMG_20230514_090402_131

Bekobodda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston kubogi bahsidan soʻng jamoamiz murabbiylar shtabi barcha futbolchilarga qisqa muddatli taʼtil taqdim etishgan edi. Besh kun xordiq chiqargan jamoamiz aʼzolari ertadan boshlab Qirgulidagi qarorgohlarida yigʻilib, tayyorgarlikni davom ettiradilar. Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan Superliga chempionatida kichik tanaffus yuzaga kelgan. Shundan unumli foydalanish maqsadida jamoamiz murabbiylar shtabi bir nechta oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish boʻyicha reja tuzishgan. Ushbu nazorat oʻyinlariga doir yangiliklarni keyingi sahifalarimizda havola etamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar