TAYYoRGARLIK BOShLANDI
18-dekabr, 2023·1 min o'qish

Bugun Toshkentdagi "Nusmo" mehmonxonasida "Neftchi"da faoliyat koʻrsatayotgan va shu safda boʻlishga intilayotgan futbolchilar toʻplanishdi. Tushlikdan soʻng Vitaliy Levchenko boshchiligida ular ochiq maydonda dastlabki mashgʻulotlarni boshlab yuborishdi. Bosh murabbiy tuzgan reja asosida olib borilgan mashgʻulotlarda jamoamiz bilan amalda shartnomasi bor futbolchilar, kuni kecha shartnoma imzolagan Sanjar Qodirqulov, Shoxruz Norxonov, shuningdek, oʻrinbosarlar jamoamizdan oʻn nafardan oshiq futbolchilar ham ishtirok etishdi. Muxlislarimiz eʼtiboriga tayyorgarlik jarayonining ilk kunidan olingan fotolavhalarni namoyish etamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati










