TARKIB YANGILANMOQDA
5-yanvar, 2025·1 min o'qish

Kecha 4 yanvari kuni "Neftchi" yana uch nafar taniqli futbolchilar bilan shartnoma imzolanganligini e'lon qildi. Bular Janubiy Koreyada to'p surib qaytgan yarim himoyachi Ikrom Aliboev, O'zbekistonning qator klublari va Bahrayn, Janubiy Koreya, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlarda faoliyat yuritgan Shohruh Gadoev va "Paxtakor"," Nasaf", "Navbahor" singari taniqli jamoalarda posbonlik qilgan darvozabon Eldorbek Suyunovlardan iborat. Farg'ona futbol jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida o'z tarkibini yana qator mohir ijrochilar bilan mustahkamlashni niyat qilmoqda. Bu haqda muxlislarni muntazam xabardor qilib boramiz.