TARIXGA BIR NAZAR

2012 yilda 8 may kuni OFK kubogining guruh bosqichida Farg‘onadagi "Markaziy"(hozirgi FarDU) stadionida Yuriy Sarkisyan boshqaruvidagi sevimli "Neftchi" jamoamiz Xindistonning "Salgaokar" klubi bilan bellashib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu muvaffaqiyatga mazkur uchrashuvda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan Anvar Berdiyev va Pavel Smolyachenkolar salmoqli hissa qo‘shganlar.Biz hozirgacha jamoamizning xalqaro musobaqada g‘olib chiqib, minglab muxlislarni cheksiz quvontirganligini faxr bilan yodga olamiz. OFK kubogi. Guruh bosqichi. 6-tur “Neftchi” (O'zbekiston) – “Salgaokar” (Hindiston) 3:0 08.05.2012. Farg'ona, “Markaziy” stadion. 14000 tomoshabin. Bosh hakam: Muhtar Al Yarimi (Suriya) Gollar: Pavel Smolyachenko 1, 50 Anvar Berdiev 77. “Neftchi”: Hislat Chilmatov, Shavkat Nasibullaev, Muhsin Nizomiddinov, Iqbol Boboxonov, G'ayrat Jumaev, Sardor Mirzaev (Otabek Isroilov, 85), Sherzod Hakimov, Pavel Smolyachenko (Izzat G'aniev, 67), Anvar Berdiev, Fahriddin Xolmurodov, Sardor Soibov, Bosh murabbiy: Yuriy Sarkisyan Uchrashuvdagi gollar va xavfli vaziyatlar videosi https://youtu.be/q4yRyjTCQMY?si=bHjpMP7SKLsnIeAe