Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TABATADZENING QOYILMAQOM GOLLARI GʻALABA KELTIRMOQDA

3-iyul, 2023·2 min o'qish
084A9093

"Istiqlol" stadionida yakuniga yetgan "Neftchi"-" Nasaf" uchrashuvi natijasi jamoamizning minglab futbol ishqibozlarida bayram tuhfasi sifatida qabul qilindi desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi, soʻnggi uchrashuvlarda ketma-ket duranglarni qayd etayotgan jamoamiz gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi pasayganday tuyuldi. Lekin, birinchi davrani ijobiy natija orqali gʻalaba bilan yakunlash va turnir jadvalidagi oʻrnini mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri edi va futbolchilarimiz buni ajoyib tarzda uddaladilar. Birinchi boʻlimda oʻyin surati oʻrtacha tempda oʻtganligiga qaramay, hisob ochilmadi va tanaffusga jamoalar 0:0 durang hisobida chiqib ketishdi. Ikkinchi boʻlimda murabbiydardan kerakli koʻrsatmalarni olgan vakillarimiz hujumkor oʻyin namoyish etishga kirishdilar va 52-daqiqada penalti ega boʻlib, hisobni ochdilar. Gol muallifi Toma Tabatadze boʻlib chiqdi. Shundan soʻng mehmonlar astoydil harakat qilishga tushib, 68-daqiqada Aziz Amonovning aniq zarbasi tufayli hisobni 1:1 koʻrinishiga olib kelishdi. Bu vaziyatda futbolchilarimiz tushkunlikka tushmay, oldinga intilishda davom etdilar va 82-daqiqaga kelib jarima maydonchasi tashqarisida hujumchimizga nisbatan ishlatilgan qoidabuzarlik evaziga jarima toʻpiga ega boʻlishdi. Sahnaga yana gruziyalik legionerimiz Toma Tabatadze chiqdi va jarimani qoyilmaqom tarzda bajarib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqishga muvaffaq boʻldi 2:1. Bosh hakam tomonidan qoʻshib berilgan 7 daqiqa vaqt ham mehmonlar uchun naf keltirmadi va jamoamiz shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda muhim gʻalaba va navbatdagi uch ochkoni qoʻlga kiritib, turnir jadvalida uchinchi pogʻonaga koʻtarilib oldi. Coca Cola Superliganing 8-turi 2 iyul, yakshanba NEFTChI – NASAF 2:1 Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nechoxin, Husan Muzaffarov VAR hakami: Ahrol Risqullaev AVAR: Timur Gaynullin Nazoratchi: Maʼmur Saidqosimov Komissar: Diyor Xotamqulov Boshlanish vaqti: 20:00 Gol: Toma Tabatadze (penalti) 51, Aziz Amonov (Gʻolib Gʻaybullaev) 67, 1:1, Toma Tabatadze 83, 2:1 "Neftchi": 12. Vladimir Nazarov, 2. Zoir Joʻraboev, 7. Umar Adxamzoda, 8. Nurillo Toʻxtasinov (9. Ulugʻbek Hoshimov, 46), 13. Lutfullo Toʻraev, 19. Mirzohid Gʻofurov (70. Abbosjon Gʻulomov,70), 20. Anvarjon Gʻofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 22. Toma Tabatadze ( 11. Izzatilla Abdullaev, 86), 23. Diyorjon Turopov, 24. Gʻulom-Haydar Gulyamov. Zaxiradagilar: 45. Akbar Toʻraev, 3. Nodirxon Neʼmatxonov, 5. Yuriy Batyushin, 17. Abdulloh Olimov, 26. Oleksey Larin, 66. Doniyor Valiev, "Nasaf": 35. Abduvohid Neʼmatov, 2. Alibek Davronov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. Gʻolib Gʻaybullaev, 9. Javohir Sidiqov, 18. Bahrom Abdurahimov (99. Azizbek Amonov, 66), 19. Lima Kruz, 28. Shuhrat Muhammadiev (8. Zafarmurod Abdirahmatov, 66), 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umar Eshmurodov. Zaxiradagilar: 1. Umidjon Ergashev, 15. Joʻrabek Mannonov, 17. Suhrob Nurulloev, 21. Doniyorjon Narzullaev, 23. Sardor Saʼdullaev, 70. Abubakr-Rizo Turdialiev, 88. Marko Stanoevich, Ogohlantirish: Husniddin Aliqulov ("Nasaf") 35, Diyor Turopov ("Neftchi") 70

Ulashish

O'xshash yangiliklar