"SURXON"GA QARShI OʻYIN UChUN TAYYoRGARLIK DAVOM ETMOQDA
2-may, 2023·1 min o'qish

Xabaringiz bor, Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan" Neftchi" jamoasi kuni-kecha "Andijon" klubi bilan nazorat oʻyinida ishtirok etdi va shundan soʻng murabbiylar shtabi oʻyinchilarga bir kunlik taʼtil taqdim etdi. Bugun jamoamiz aʼzolari 7 may kuni "Surxon" bilan kechadigan 9-tur bahsiga tayyorgarlikni davom ettirishga kirishdilar. Eʼtiboringizga Qirgulidagi qarorgoh stadionida boʻlib oʻtgan kechki mashgʻulotlardan tayyorlangan fotogalereyani havola etamiz. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" PFK matbuot xizmati



























































