SUPERLIGA PEShQADAMI MAGʻLUB ETILDI

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasi 25-turi doirasida bugun Qarshida turnir peshqadami “Nasaf”ning mehmoni boʻlgan “Neftchi” jamoamiz, 1:0 hisobida gʻalaba qozonishga erishdi! Yagona golga 85-daqiqada Izzatilla Abdullaev mualliflik qildi. Oʻyinchimizning kuchli zarbasidan soʻng toʻp toʻsinga tegib, darvoza toʻridan joy oldi. "Nasaf" — "Neftchi" - 0:1 7 noyabr 2022 yil. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30 Hakamlar: Rahimbek Karimov, Andrey Sapenko, Temur Gaynullin, Sultonmurod Abdurahmonov VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov AVAR hakami: Ruslan Serazitdinov Nazoratchi: Bobur Haydarov Komissar: Sherzod Rajabov. Gol: Izzatilla Abdullaev 85, - 0:1 (Umar Adhamzoda). "Nasaf": 35.Abduvohid Neʼmatov, 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.Gʻolib Gʻaybullaev, 8.Dilshod Saitov, 9.Ivan Solovyov, 19.Mateus Lima Krus, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov. Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 6.Murodbek Rahmatov, 7.Sharof Muhitdinov, 10.Husayn Norchaev, 14.Alen Masovich, 17.Suhrob Nurulloev, 18.Bahrom Abdurahimov, 23.Sardor Sadullaev, 27.Zafarmurod Abdirahmatov. "Neftchi": 45.Akbar Toʻraev, 4.Andrey Mishchenko, 9.Sunnatulloh Abdullajonov, 13.Lutfulla Toʻraev, 19.Mirzohid Gʻofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Umar Adhamzoda, 26.Oleksey Larin, 46.Shahzod Ubaydullaev, 70.Abbosjon Gʻulomov, 99.Ulugʻbek Hoshimov. Zaxira: 69.Yevgeniy Konyuxov, 44.Darko Stanoevich, 24.Rahmonjon Roʻziev, 88.Doniyor Valiev, 20.Salamat Qutiboev, 6.Sirojiddin Qoʻziev, 11.Izzatilla Abdullaev, 76.Fahriddin Muhammadov.